Ushbu oddiy ko‘nikmalar kamroq asabiylashish va ko‘proq dam olishga yordam beradi.
1. Yordam so‘rash
Ko‘nglimiz tusagan narsaga erishishga ba'zida kuchimiz, ba'zida imkoniyatlarimiz kamlik qiladi. Kuchimiz yetmaydigan «yuklar»ning hammasini o‘zimizga ortib olib, haddan tashqari bosimdan aziyat chekib yurmaslik uchun vaqtida yordam oling. Enaga yollang, tozalash xizmati ko‘rsatuvchi kompaniyaga murojaat qiling yoki uyga tayyor ovqat buyurtma qilish mumkin. XXI asrda hamma ishni o‘zingiz qilishingiz shart emas.
2. Sog‘lom hayot tarzini yuriting
Hammasi oddiy: to‘g‘ri ovqatlanish, vaqtida uxlash, jismoniy mashqlar va o‘z salomatligiga e'tiborli bo‘lish bosimni kamaytirishga va stressga qarshi turishga yordam beradi. Yana bir maslahat: sog‘lom hayot tarzini yurita olmaganda ko‘p xavotir bo‘lmaslik kerak.
3. Hissiy holatingizni nazorat qiling
Odamlar temirdan yaratilmagan: ba'zida yumushlarimiz shunchalik ko‘payib ketadiki, barchasini o‘z o‘rnida bajarish shunchaki ilojsiz. Kuchingiz tugab borayotgani, ammo hayot sizga baxt ulashishdan to‘xtab qolganini sezishni boshlagan bo‘lsangiz, uning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishini kutishni bas qiling. Terapevt qabuliga yoziling yoki muammolaringiz haqida hech bo‘lmasa do‘stlaringiz va yaqinlaringizga ayting.
4. Quvvat manbalaringizni vaqtida to‘ldiring
Doimiy tarzda insonlar bilan muloqotda bo‘lish va kuchli mehnat sarf etuvchi sharoitda ishlash ko‘p vaqt o‘tishiga ulgurmasdan har qanday baquvvat odamni ham holdan toydiradi. Ammo kamdan-kam odamlar o‘zlari uchun hordiq tashkil qilishadi: kunni to‘liqligicha o‘ziga bag‘ishlash faqat bemorlarga va mehnat ta'tilidagi odamlar uchun mo‘ljallangan.
Bu to‘g‘ri yondashuv emas. Hordiq uchun kamdan-kam vaqt ajratsangiz, emotsional zo‘riqishlarga uchray boshlaysiz, organizmdagi zaxira esa soat sayin kamayib boradi. Natijada miya va tana o‘z nasibasini oladi: qaysidir jismoniy yoki ruhiy kasallik paydo bo‘ladi. Eng yaxshisi doimiy ravishda dam olish daqiqalari va uyqu kunlarini uyushtirib turing.
5. Shaxsiy intizom
Stresslar, xususan, qandaydir maqsad yo‘lida iloji boricha ko‘proq ishga ulguraman deb tirishib harakat qilganimizda yuzaga keladi. Oxir-oqibat takroriy birxillikdan so‘ng asablar taranglashadi, qo‘yilgan marra esa quvvatimiz kamayib borgani sababli bizdan uzoqlasha boradi.















