07:20 / 05.08.2019
9105

Taxiatoshdagi janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

2019 yil 1 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining 1-kichik tumanida yashovchi 58 yoshli Ye.K. mast holda Taxiatosh tumani N.Seytmuratov ko‘chasida o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan tanishi, Keneges ko‘chasida yashovchi 61 yoshli K.T.ni pichoq bilan jarohatlagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada K.T. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Ye.K. ushlangan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.   

Top