Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini qöllab-quvvatlaş va samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengaşi taşkil etildi. 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengaşi töğrisidagi nizom;

Maslahat kengaşi tarkibi; 

Assotsiatsiya faoliyatini qöllab-quvvatlaş va samaradorligini oşiriş böyiça amalga oşiriladigan çora-tadbirlar dasturi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga köra, Maslahat kengaşining asosiy vazifalaridan biri Assotsiatsiyani xorijga ta'lim oliş va işlaş uçun çiqib ketgan hamda çiqişni rejalaştirgan özbekistonlik yoşlarning kömakçisi va tayançiga aylantirişdan iborat. 

Maslahat kengaşi öziga yuklangan vazifalarning bajarilişi böyiça prezident Administratsiyasi va hukumatga har olti oyda axborot kiritadi.

Qaror bilan tasdiqlangan çora-tadbirlar dasturida har çorakda “Yoşlar bilan oçiq muloqot kunlari”ni taşkil etiş hamda “Yoş vatandoşlar” xalqaro festivalini ötkaziş kabilar nazarda tutilgan.  

Şuningdek, Assotsiatsiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan yordam körsatiş uçun kun-u tun xizmat körsatuvçi işonç telefoni va maxsus veb-portal işga tuşiriladi.