AIBA (Xalqaro boks uyuşmasi) 2019 yil 1 iyul kuni öz saytida AIBA Ijroqömi a'zosi, Rossiya boks federatsiyasi boş kotibi Umar Kremlevga nisbatan intizomiy iş oçilgani haqida rasmiy bayonot berdi.
Bayonotda aytilişiça, ötgan hafta oxirida Jyenevada (Şveytsariya) AIBA Ijroqömi Umar Kremlevga qarşi suriştiruv boşlaş uçun ovoz bergan. Bu jarayon AIBA Intizom komissiyasi tomonidan amalga oşiriladi.
Kremlev 2018 yil noyabrida AIBA Ijroqömi a'zoligiga nomzod sifatida özini ilgari surganida sudlangani töğrisidagi ma'lumotlarni yaşirişda gumonlanmoqda. AIBA nizomiga köra, ilgari sudlangan şaxslar Assotsiatsiya Ijroqömi a'zoligiga saylanişi mumkin emas.
Rossiya va xorijiy matbuotda e'lon qilingan turli xabarlarga köra, Umar Kremlev Rossiya Federatsiyasida 2004 va 2007 yillarda ikki marta sudlangan. Öşa paytda u tuğilgan paytida olgan Lutfulloyev familiyasida bölgan, sudlardan keyin uni özgartirib, Kremlevga aylangan.
Bundan taşqari, AIBA Intizom komissiyasi 27 iyun kuni Umar Kremlev tomonidan AIBA prezidenti Ğofur Rahimovning obrösi va işbilarmonlik nufuziga putur yetkazadigan, axloqqa zid hamda asossiz bayonotlar böyiça suriştiruv boşladi.
AIBA muvaqqat prezidenti Muhammad Mustaxsan bu bayonotlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qildi:
«Ba'zi şaxslar özi va şaxsiy kun tartibini bizning sport turidan ustun qöyganini aqlga siğmas narsa, deb hisoblayman».
AIBA’ning avvalgi prezidenti böyiça AIBA saytida e'lon qilingan bayonotda quyidagilar qayd etilgan:
«AIBA Ijroqömi nomidan biz janob Ğofur Rahimovga taşkilotimiz manfaati yölida amalga oşirgan barça işlari uçun minnatdorçilik bildirmoqçimiz. AIBA’dagi öz rahbarligida u AIBA’ni bankrotlikdan saqlab qoliş va uyuşmamiz ma'muriyatini qayta taşkil etişga katta hissa qöşdi».
Bundan oldin, AIBA Ijroqömi a'zosi, Rossiya boks federatsiyasi boş kotibi Umar Kremlev Ğofur Rahimovni yolğonçilikda ayblagandi.


















