Toşkent şahri IIBB matbuot xizmati poytaxt markazidan oqib ötuvçi Katta Börijar kanalidan topilgan jasad böyiça ma'lumot berdi.
«5 avgust kuni soat 10:40da 102 raqamiga Börijar kanalida baliq ovlayotgan, 31 yoşli Bobur R. tomonidan qönğiroq kelib tuşgan. U öz xabarida Çilonzor tumani hududidan oqib ötuvçi Börijar kanalida inson jasadini körganini bildirgan.
FVV qutqaruvçilari tomonidan jasad suvdan çiqarib olingan. Ma'lum bölişiça, u Şayxontohur tumanida yaşagan, 27 yoşli A.M. bölgan va u joriy yilning 1 avgustida bedarak yöqolgan şaxs sifatida qidiruvga berilgan.
Tergov oldi harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
5 avgust kuni Kun.uz sayti muxbirlari tomonidan mazkur hodisa böyiça lavha tayyorlangan va «Toşkentda baliqçi qarmoğiga inson jasadi ilindi. U qotillik qurboni bölişi ham mumkin» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

















