6 avgust kuni Özbekistonning Indoneziyadagi favqulodda va muxtor elçisi Uluğbek Röziqulov mamlakatning saylangan vitse-prezidenti Maruf Amin bilan uçraşdi.
Uçraşuvda tomonlar Özbekiston-Indoneziya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.
Indoneziya aholisi orasida Özbekistonga turistik yönaliş, xususan, «ziyorat turizmi» yönalişini ommalaştiriş maqsadida 2018 yil fevraldan Özbekiston Indoneziya fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etgani va 2019 yil maydan Toşkent va Jakarta şaharlari örtasida töğridan-töğri aviareyslar yölga qöyilgani qayd etildi.
Tomonlar ikki mamlakat örtasida töliq foydalanilmayotgan ulkan iqtisodiy salohiyat mavjudligini e'tirof etdi va uşbu yönalişda hamkorlikni faollaştirişga kelişib oldi.

















