Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi muzqaymoq ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi
2019 yilning 5 avgust kuni soat 12:55da Toshkent shahar Olmazor tumani “Yangi Toshkent” MFY Noraztepa ko‘chasi 52-uyda joylashgan “ICE GOLD” MChJga qarashli muzqaymoq ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida yong‘in joyiga zudlikda 4ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in 13:09da o‘rab olinib, 13:13da bartaraf etilgan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan sexning 350 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida muzqaymoq ishlab chiqarish sex omborxonasining 50 kv. metr maydonda tom qismi, ichki jihozlari va mahsulotlari yonib zararlangan.
Yong‘inning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:50 / 02.06.2026
Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
20:47 / 01.06.2026
Toshkentda transformator yonib ketdi
19:19 / 23.05.2026
Toshkent tumanidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
17:11 / 19.05.2026