«Navbahor»ning sobiq murabbiyi Andrey Kançelskis «Matç TV»ga intervyu berdi. Intervyu davomida rossiyalik murabbiy özbek futboli haqida öz fikrlarini bildirdi.
«Namanganda hokim futbolga qiziqadi. Hokim bu bizdagi gubernatorga öxşagan lavozim. «Navbahor» xuddi «Paxtakor» yoki «Lokomotiv» kabi katta pulga ega klub emas. Bu xalq jamoasi. Muxlislar futbolni yaxşi körişadi va juda qiziqqon, ular toşböron qilişlari ham mumkin (kuladi). Namangandan heç qaysi murabbiy yaxşilikça ketmagan.
Lekin men nolisam, uyat böladi. Meni qöllarida kötarib yurişdi desam ham böladi. Biz katta natijalarga erişmagan bölsak-da, top jamoalarga boşoğriq bölişni uddaladik. Jamoa 14 yil içida ilk marta medal oldi.
U yerda hokim telefon qilib «Falonçini öynat, falonçini emas» deb aytişi mumkin. U hatto hisobni ham buyurtma qilib: «Bugun 3:0 yutişimiz kerak», deb aytişi heç gapmas.
U kiyiniş xonasiga kirib, futbolçilarga baqirgandi ham. Bir öyinning tanaffusida u kiyiniş xonasiga kirdi. Hisob 0:0 edi va 2-bölimda 3:0 yutdik. Hokimning aytişiça, bu uning gaplari samarasi bölgan. Keyin hokimga futbolçilar bilan öyinning ertasiga, yuzma-yuz gaplaşişni tavsiya qildim. Bir-birimizni tuşundik. U odam Namangan uçun köp iş qilgan, lekin uning yordamçilari...», — deb Kançelskisning sözlaridan iqtibos keltirmoqda «Matç TV» rasmiy sayti.

















