Rasmiy sahifasiga ega bölgan Odnoklassniki ijtimoiy tarmoğining foydalanuvçilari ilk bor şaxsiy profillariga kiriş imkonini qölga kiritişdi. Endilikda OKdagi profillari kök “galoçka” belgisi bilan belgilab qöyilgan barça odamlar obunaçilarning ortişi va kamayişi, şuningdek qamrovi, jalb qilinganligi, teskari aloqa va bir qator boşqa körsatkiçlarni kuzata olişlari mumkin. Avvalari batafsil statistikadan faqat guruhlar foydalana olar edilar.

Yangi instrument öz şaxsiy profili yordamida OKdagi öz auditoriyasi bilan muntazam ravişda özaro aloqa qilib turadigan blogerlar va taniqli şaxslarga foydali böladi. Statistika kontent mualliflariga şaxsiy sahifa bilan işlaşda asosiy tahliliy vazifalarni hal qiliş: maqsadli auditoriya qamrab olingan yöqligini tuşuniş, uning asosiy qiziqişlari, u yoki bu xabarlarga foydalanuvçilarning reaksiyasi va eng ommabop postlarni bilib olişga yordam beradi.
Profil statistikasida endilikda kuzatib boriş mumkin bölgan körsatkiçlar orasida — obunaçilarning ortişi va kamayişi, qamrovi, jalb qilinganligi, auditoriyaning ijtimoiy- demografik tavsifnomalari, xabarlar bilan boğliq batafsil harakatlar (körib çiqişlar, sinflar, şarhlar, repostlar, sahifaga ötişlar), şikoyatlar va postlarni yaşirişlar mavjud.

Foylanuvçilik statistikasiga kiriş faqat kök “galoçka” belgili verifikatsiya qilingan sahifalar — yulduzlar, blogerlar va boşqa taniqli şaxslarning rasmiy sahifalari uçun oçilgan.
Yangi servisdan OK veb-interfeysida, ijtimoiy tarmoq mobil versiyasida va iOS hamda Android uçun ilovalarida töliq foydalaniş imkoni mavjud.
Bu yil sal avvalroq ijtimoiy tarmoq kontent mualliflari va barça foydalanuvçilarga ijtimoiy tarmoqda öz auditoriyasini topib olişga imkon beruvçi reklama kabinetini işga tuşirgan edi. Reklama kabineti yordamida ijtimoiy tarmoqdan çiqmay turgan holda, video, fotosuratlar va havolalarni ham qöşganda, kontentning har qanday formatlari bölgan postlarning tarğib qilinişini sozlaş mumkin.
Bundan taşqari, 2018 yilda OK da taniqli artistlar, jamoat arboblari va blogerlarning sahifalarini tarğib qiliş tizimi işga tuşib ketdi. Yangiliklar tasmasida foydalanuvçilarga ularning qiziqişlari, jinsi va yoşi asosida taniqli şaxslarning rasmiy sahifalari tavsiya etiladi.















