Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyevning qizi videomurojaat bilan chiqdi

Foto: Sputnik
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qizi - Aliya Shagiyeva otasining ushlanishi va hibsga olinishi bilan bog‘liq voqealarga izoh berdi. U o‘zining Instagram’dagi sahifasida videomurojaatini joylashtirdi, deya xabar beradi Tengrinews.kz.
«Men rassomman. Men hech qachon siyosatga aralashmaganman. Ammo hozirgi hukumatning aqlga sig‘maydigan harakatlari, otamning noqonuniy va nohaq qo‘lga olinishi tufayli endi jim turolmayman», - deydi Shagiyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda huquqiy me'yorlar buzilmoqda, muxolifat telekanallari efirdan uzilmoqda va OAV orqali yolg‘on ma'lumotlar tarqatilmoqda.
«Men o‘z oilamdan xavotirdaman. Oddiy fuqarolar uchun xavotirdaman», - deya tan olgan u.
Aliya Shagiyevaning qo‘shimcha qilishicha, otasini so‘roqqa chaqirish uni qo‘lga olish uchun bahona bo‘lib xizmat qildi.
«Jinoyat olamida nufuzli shaxs bo‘lgan Batukayevni Qirg‘izistondan olib chiqib ketish bo‘yicha bema'ni, haqiqatdan uzoq ish bo‘yicha. Ular aslida otamni muxolif faoliyati tufayli hibsga olmoqchi bo‘lishgan. Xuddi uning ko‘plab tarafdorlari singari. Masalan, Kuban Kulpatov va Sapar Isoqov, ularni guvohlik berish uchun olib kelishdi va hech qanday tushuntirishsiz hibsga olishdi. Otam rasmiylardan Konstitutsiyaviy sudning so‘roq to‘g‘risidagi qarorini kutishni talab qildi. U Batukayev ishi haqida bilgan hamma narsasini OAVga aytib berib, to‘liq ma'lumotni tergov organlari uchun yozma ko‘rinishda taqdim etishga tayyor edi. Otam Konstitutsiyaviy sud qarori bo‘lmaganda, biz o‘zimizni himoya qilishga haqli ekanimizni aytgan. Sobiq prezidentning uyiga har qanday tajovuz avtomatik ravishda jinoiy va noqonuniy hujumga aylanadi», - dedi Shagiyeva.
Bundan oldin, Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Jahon | 21:54
-
Suriyada yana guruhlar orasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Isroil vaziyatga aralashdi
Jahon | 21:50
-
Germaniyalik yigit operatsiyalar yordamida oyoqlarini 24 santimetrga uzaytirdi
Jahon | 21:45
-
Google gidroelektr energiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik shartnomani imzoladi
Jahon | 21:41
Mavzuga oid

18:19 / 10.07.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin

14:57 / 07.07.2025
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

15:47 / 01.07.2025