Iqtisodiy rivojlanişga kömaklaşuv markazi rahbari, iqtisodçi Yuliy Yusupov Özbekistonda AQŞ dollari kursining keskin oşib ketişi sabablari borasida öz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Meni dollar kursi kötarilişi sababli ijtimoiy tarmoqlarda boşlangan vahima hayron qoldirmoqda.
- Göyoki yangi tariximizda almaşuv kursining bundan kattaroq sakraşi bölmagandek. Hattoki 2017 yil sentyabrdagi devalvatsiya kabi misolni nazarda tutayotganim yöq. Liberalizatsiyagaça dollar qora bozorda qançalik kötarilganini yodimizdan çiqarib qöydik şekilli.
- Göyoki 2017 yil sentyabrgaça birja kursi 10 ming sömlik “psixologik körsatkiç”dan oşmagandek. Bizga import mahsulotlar narxini xuddi şu kursda hisoblaşmagandi. Endi esa 10 ming sömlik körsatkiç xuddi oxirzamondek tuyulmoqda. Zero bu körsatkiçni bir neça yil avval qayd etganmiz.
- Göyoki bozor almaşuv kursi boşqa davlatlarda, ayniqsa sobiq SSSRdagi qöşnilarimizda kötarilmayotgandek. Ularda oşmoqda, bizda nima uçun oşmasligi kerak?
Milliy valuta almaşuv kursi nega tuşib ketmoqda?
Asosiy sabab – ortiqça pul massasi emissiyasi. Valuta bozorida ham boşqa bozorlardagi singari talab va taklif qonuni amal qiladi: agarda ikkita mahsulot bir-biri bilan almaştirilayotganida bir mahsulot ikkinçisiga nisbatan köproq taklif qilinsa, u holda birinçisining narxi ikkinçisiga nisbatan tuşadi. Agarda sömning ortiqça massasi emissiyasi tezligi boşqa valutalar emissiyasinikiga nisbatan oşib ketsa, u holda sömning boşqa valutalarga nisbatan qiymati pasayadi.
Ortiqça pul emissiyasi nima? Iqtisodiy ösiş sur'atidan ortiq bölgan pul emissiyasining (çiqarilişi) ösişi. Oddiy söz bilan aytganda, mahsulot massasiga nisbatan pul massasining ösişi. Agarda ortiqça pul emissiyasi bölsa, milliy valuta mamlakat içida ham (bu içki narxlarning ösişida körinadi, ya'ni inflatsiyada), mamlakat taşqarisida ham (milliy valuta almaşuv kursi tuşib ketişida namoyon böladi) qadrsizlanadi. Şu orqali inflatsiya darajasi böyiça valuta bozoriga çiqadigan ortiqça pul massasini muvozanatga solib turişi kerak bölgan almaşuv kursining taxminiy özgarişlariga baho beriş mumkin.
Nima uçun faqat “taxminiy özgarişlar” haqida gapiriş mumkin. Çunki almaşuv kursiga ortiqça pul massasidan taşqari, boşqa omillar: importga bölgan talabning özgarişi, mehnat migrantlaridan keladigan valuta, kredit va xorijiy investitsiyalar hamda savdo şeriklarimizning valuta kurslaridagi özgarişlar ham ta'sir körsatadi. Şu bois inflatsiya darajasi – bu almaşuv kursining hozirgi va kelajakdagi özgarişlarining taxminiy möljali hisoblanadi.











