Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Qrimdagi bayk-shouga «Ural» mototsiklini minib keldi. Kiyev norozilik bildirdi
Foto: RIA Novosti /Aleksey Drujinin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Ural» mototsiklida «Nochniye volki» motoklubining bayk-shousi o‘tkazilayotgan Sevastopol yaqinidagi Gasfort tog‘iga keldi. «Pul N3» Telegram-kanalida bu haqdagi video joylashtirildi.
Kadrlarda charm kurtka kiyib olgan Rossiya prezidenti motoklub rahbari Aleksandr «Xirurg» Zaldostanov hamrohligida sahnaga chiqqani va festival ishtirokchilarga murojaat qilgani aks etgan.
Xabar qilinishicha, Putin birinchi marta Sevastopoldagi bayk-festivalga 2010 yil iyulda tashrif buyurgan. U o‘shanda uch g‘ildirakli Harley-Davidson mototsiklida kelgan.
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Putinning Qrimga tashrifi yuzasidan norozilik bildirdi. Bu haqda vazirlik saytida joylashtirilgan bayonotda aytiladi.
Vazirlikning bildirishicha, Putinning tashrifi Rossiya tomonidan Ukraina davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligining qo‘pol buzilishi hisoblanadi.
Qrim 2014 yil martda o‘tkazilgan referendumdan so‘ng Rossiyaga qo‘shib olingan.
Mavzuga oid
09:09 / 22.04.2026
Rossiyada barcha “front uchun” ishlashi kerak - Putin
20:59 / 21.04.2026
Bonya propagandachilarga qarshi. Nimalar bo‘lmoqda?
16:37 / 17.04.2026
«Agressiv ohang yuqorilamoqda» - siyosatshunos Putinning yangi qonuni haqida
10:36 / 17.04.2026