Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda ayblandi
Foto: TASS
Qirg‘izistonda sobiq prezident Almazbek Atamboyev davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanmoqda.
TASS’ning xabar berishicha, bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Orozbek Opumbayev aytib o‘tgan.
«Davlat to‘ntarishini amalga oshirish uchun unga qon kerak edi. Bu uning niyati bo‘lgan», - deya ta'kidlab o‘tdi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi.
Avvalroq, Atambayev tergovchilar bilan aloqaga kirishmagani, rasmiy vakilidan boshqa hech kim bilan gaplashmasligini ma'lum qilgani aytilgandi. Sobiq davlat rahbari o‘z so‘zlari va Konstitutsiya qoidalari buzilgan, deb hisoblayapti.
8 avgust kuni maxsus kuchlar Atamboyevning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi qarorgohiga bostirib kirishdi. Ertasi kuni sobiq prezidentga jinoyat olamidagi nufuzli shaxs - Aziz Batukayevning ozod etilishi bo‘yicha ish yuzasidan ayblov qo‘yildi.
Bundan oldin, Atamboyevning qizi videomurojaat bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
07:40
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026
Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumonlanmoqda
22:18 / 25.04.2026