“Özstandart” agentligi tomonidan soha mas'ullari bilan “Bolalar öyinçoqlarining xavfsizligi töğrisida”gi umumiy texnik reglament loyihasi işlab çiqildi. 

Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi xabariga köra, uşbu texnik reglamentda quyidagi xavfsizlik çoralari közda tutilgan:

• öyinçoqlarni tayyorlaşda foydalaniladigan xomaşyo toza, noinfeksion va amaldagi texnik reglamentda keltirilgan va texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi me'yoriy hujjat talablariga mos bölişi;
• öyinçoq loyihalanişi va tayyorlanişi, ulardan foydalaniş jarayonida bolalarga hamda ularga qarab turuvçi şaxslarning soğligi, hayoti uçun xavf tuğdirmasligi;
• öyinçoqlarda oldin boşqa maqsadlarda işlatilgan ikkilamçi xomaşyoni qayta işlab olingan materiallarni qöllaş ruxsat etilmasligi;
• öyinçoqning mavjud qirralari, ötkir uçlari, qattiq detallari, prujinalar, mahkamlovçi qismlari, oraliqlar, burçaklar, bugrilari bilan bolalarni jarohatlaniş xavfi bölmasligi talab qilinadi.

Qayd etilişiça, loyihani işlab çiqişda mamlakatda va xorijiy davlatlarda  sohaga doir me'yoriy hujjatlardan foydalanildi.

Bugungi kunda umumiy texnik reglament loyihasi mas'ul vazirlik va idoralar bilan kelişilgan hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritişga tayyorlanmoqda.