Toşkent şahridagi Yodju texnika institutiga Koreya Respublikasi parlamenti vakillari taşrif buyurdi. Delegatsiya a'zolari institutda taşkil etilgan Koreya madaniyat markazi, Qirol Sejong va Mirzo Uluğbek innovatsion tadqiqotlar Markazi, Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti hamda Koreya Respublikasi Milliy Kutubxona Assambleyasi (The National Assembly Library, Republic of Korea) bilan özaro anglaşuv va hamkorlik Memorandumi asosida taşkil etilgan maxsus elektron kutubxona faoliyati bilan tanişdilar. Bu haqda Institut Axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.


2019 yil 14 avgust kuni Toşkent şahridagi Yodju texnika institutiga Koreya Respublikasi Demokratik partiyasi Xotin-qizlar Qömitasi vakillarining Bek Xe-ryon xonim boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi. Delegatsiyaga Koreya Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi janob Kan Çje Kvon hamrohlik qildi. Mehmonlarni Institut rahbariyati, professor-öqituvçilar va talabalar samimiy kutib olişdi.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, mazkur elektron kutubxonada endilikda Institut talabalari Özbekistonda ta'lim oliş bilan bir vaqtda, Koreya Respublikasi Milliy Kutubxona Assambileyasida mavjud bölgan 650 mingga yaqin ingliz tilidagi, 300 ming ziyod yapon tilidagi va 200 mingdan ortiq boşqa çet tillardagi hamda 3 milliondan ortiq koreys tilidagi kutubxona fondidan foydalaniş imkoniyatiga ega böldilar.

Şuningdek, taşrif davomida Delegatsiya a'zolari va Institut professor-öqituvçilari bilan kengaytirilgan tartibda maxsus uçraşuv taşkil etildi. Mazkur uçraşuvda Davlatlar örtasidagi ikki tomonlama keng kölamli ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik, gumanitar homiylik va texnik-texnologik rivojlaniş borasidagi manfaatli hamkorlikni bundan-da taraqqiy etişiga hamda madaniy sohadagi yaqinlikni yanada rivojlanişi borasidagi köplab masalalar böyiça özaro fikr almaşişdi.



















