Bugun, 14 avgust kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida sudya Zafar Nurmatov raisligida Navoiydagi 47-sonli jazoni ijro etiş muassasasida vafot etgan Ş.S. işi böyiça yana bir sud majlisi ötkazildi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda. 

Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan oçilgan mazkur jinoyat işi böyiça E.M., X.Ş., K.J va D.A. sudlanmoqda.

Sud majlisida sudlanuvçi E.M.ga söz berildi. Sudlanuvçi bu voqea uç yil avval bölganini, şu sababli javob berişga qiynalişini aytdi. Advokatlar va raislik qiluvçi tomonidan sohasi böyiça tibbiyot şifokori bölgan E.M.ga bir neçta savollar berildi.  

Sud tomonidan boşqa sudlanuvçilarni söroq qiliş, yana qöşimça aniqlaştirilişi lozim bölgan masalalar mavjudligi sababli 16 avgust soat 10-00 gaça tanaffus e'lon qilindi.