Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Olmazor tumani hokimi örinbosari Abdurasul Vahobovning Kun.uz xodimlariga tajovuzi böyiça holat yuzasidan bayonot berdi.
«Kuni keça «Kun.uz» naşri xodimlari hamda Olmazor tumani hokimi örinbosari A.Vahobov örtasida kelib çiqqan holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan tekşiriş ötkazilmoqda.
Mazkur holat Boş prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Natijasi haqida keng jamoatçilikka qöşimça ma'lumot beriladi», - deyiladi bayonotda.
Bundan oldin, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi uşbu holat böyiça rasmiy munosabat bildirgandi.
Avvalroq, Kun.uz tahririyati Olmazor tumani hokimi örinbosari Abdurasul Vahobov bilan boğliq voqea yuzasidan bayonot bilan çiqdi.

















