Iste'dodli yozuvçi Surxon Böriyevning «Tanholik tantanasi» nomli yangi asari naşr qilinib, sotuvga çiqarildi.

Bugungi kunda AQŞda yaşab, ijod qilayotgan muallifning mazkur romani şakliga köra trilogiya bölib, «Quyoşga ergaşganlar», «Yöqlik simfoniyasi», «Qirmizi yöl» kabi fasllarni öz içiga oladi.

Asar mavzusi bugungi kunda Ğarb-u Şarqni zalolat yoqasiga olib borib qöygan illatlar: dunyoqaraşning torligi, ma'naviy söqirlik, poraxörlik, Yaratgan ne'matlariga kufroniy munosabat, hazrati erkakning ayol bölişga intilişi, ayollarning munofiqona aldovlari... umuman, bani odamning dunyoga kelib qilayotgan azim gunohlari, ularning yaşaşdan ma'no-maqsadlari qalamga olinadi. Yozuvçi dunyoviy mavzular haqida fikr yuritar ekan, asarga yuzlab obrazlar kiritadi. Obrazlarning ijobiy yoki salbiy qutbda emasligi esa heç biri kamçilik yoki xatolardan xoli bölmagan tirik insonlar kabi tasavvur qoldiradi öqirman ongida.

Adibning uslubiga köra romandagi har qanday tasvir milliy, hajviy tasavvur hosilasi kabi beriladi. Asarda boşqa bironta ijodkorda uçramaydigan, eslasang, olis bolaligingni soğintirib yuboradigan örinlar bisyor. Masalan, Sabohat xolaning uyi tasviri, kambağalning köhna boşpanasida tayyorlangan biçak, özbek janoza marosimi, Gulsara bulbulning butun boşli hovliga belkurak bilan işlov berib çiqişi, özbek töylariga odamlarning mototsiklda jar solib taklif qilinişi va  tuyga çunonam köp kişi yiğilganlari sabab joy kutib tik turib qolişlari, eşak köpkari, qizçalarining tappi-tappi öyini... Xullas, qişloqlarning tasviri asarning hamma örinlarida maroq bilan öqiladi. Kitobxon “nega biz şularni eslamaymiz-a», deb jilmayib, maza qilib, pokiza hislar bilan, dam olib öqiydi. Xuddi kengliklarga çiqib kelganday böladi.

Şunday bulsa-da mutolaa jarayonida mazkur asarni anglaş uçun hislardan köra tafakkur ustunligi zarurati seziladi. Aytiş mumkinki, yozuvçi hayot haqiqatlaridan, real tasvirlardan çekinmagan tarzda ramziylik, psixologik tasvir usuliga tayanadi, lekin bunday örinlarning barçasini kitobxon tabiiy qabul qiladi: majlis bölayotgan zalning sönggi qatorlarida ayol öqituvçilarning vafot etgan direktor örinbosariga bağişlab göyandalik qilib sadr tepişlari, Irodaning bokira holida şarmandalarça badnom bölib qolişi, bir xizmatçining suyuq ovqatga yasama közining tuşib ketişi, nonxonada xuşomadgöy xodimning axlatga botirilib daqiqalar içida qölining irib qolişi, çiqindidan taşib keltirilgan narsalar hisobiga oyoq bosişga joy qolmagan xonadon tutumi, kalamuşlar va taxtakanalar bilan tölgan Çinoraning uyi; adib tasavvuri ölaroq yuzaga kelgan Qöraqişloq, Padargoh kabi örin-joylar şular jumlasidandir.