Qozoğistonning Uralsk şahrida yaşovçi ayol ikki oy farq bilan ikki farzandni dunyoga keltirdi. Tengrinews xabariga köra, şifokorlar uşbu ayolda anatomik öziga xoslik aniqlangani - uning baçadoni ikkitaligini aytişgan.

«Ğarbiy Qozoğiston oblastidagi perinatal markazda kamdan-kam uçraydigan hodisa röy berdi. Baçadoni ikkita bölgan 29 yoşli Liliya Konovalova ikki oy va 16 kun farq bilan öğil va qiz farzandni dunyoga keltirgan. Hozir qizça va bolakayning vazni deyarli teng, ularni onasi bilan uyiga jönatişga tayyorgarlik körilmoqda», deyiladi xabarda.

Ayolning özining birinçi homiladorligi odatdagidek keçgani, katta qizi hozirda yetti yoşda ekanini aytib ötgan.

Ammo uning ikkinçi homiladorligi oğir keçdi.

«Men hamişa kasal bölaverardim, şifokorlar menga yotişni va yurmaslikni buyurardi. 24 may kuni 850 gramm vaznga ega qizçani dunyoga keltirdim. Bu homiladorlikning 25-haftasida yuz berdi. Liya bir oyni jonlantiriş bölimida ötkazdi. Keyin uni patologiya bölimiga joylaştirişdi. Öğlim Maksim esa 9 avgust kuni kesarça kesiş yöli bilan tuğildi. Uning vazni 2,9 kilogramm va böyi 50 santimetr. U haqiqiy bahodir», — deydi Liliya Konovalova.

Ğarbiy Qozoğiston oblasti perinatal markazi direktori örinbosari Yeset Yeralin oblastda bunday hodisa birinçi marta qayd etilganini ma'lum qilgan.

«Bu unikal hodisa. Mutaxassislarimiz ikki çaqaloqni tuğdirib olişdi. Onaning anatomik öziga xos xususiyati bor - u ikkita baçadonga ega. Hozirda çaqaloqlarning ikkisi ham özini yaxşi his qilmoqda. Statistikaga köra, bunday holatlarda 50 million çaqaloqdan faqat bittasi omon qolişi mumkin. Ammo bizda hammasi yaxşi böldi. Ayolning ikki baçadoni bor, homila bir vaqtda paydo bölgan, lekin turli baçadonlarda», deydi u.

Markazning boş neonatologi Nurgul Junusova şifokorlar qizça yaşab ketişi uçun qattiq harakat qilişgan.

«Uning nafas oliş tizimi hali yetilmagandi. Unga inkubator orqali nafas olişga yordam berildi. Hozir esa ona öz bolalarini kökrak suti bilan boqmoqda», degan u.