Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MB raisi naqd valuta sotuvi haqida: «Jamoat joylaridagi shoxobchalarda bu tizim hali yo‘lga qo‘yilmagan»
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida valuta siyosati bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning so‘zlariga ko‘ra, 21 avgustdan boshlab banklar qoshidagi valuta ayirboshlash shoxobchalarida naqd valuta sotish to‘liq boshlanadi.
“Jamoat joylaridagi shoxobchalarda bu tizim hali yo‘lga qo‘yilmagan. Bu shaxsni identifikatsiyalash, texnik holat bilan bog‘liq. Bu ham yaqin kelajakda amalga oshiriladi”, - deya Markaziy bank raisining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan oldin, 20 avgustdan tijorat banklari naqd valuta sotishni boshlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026
Markaziy bank valuta operatsiyalari tartibiga o‘zgartish kiritmoqchi
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
17:55 / 29.04.2026