Özbekiston Mudofaa vazirligi sapyor mutaxassislari uçun harbiy okrug poligonlarida amaliyot haftaligi ötkazilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qildi.

Jumladan, Markaziy harbiy okrugdagi “Kattaqörğon” poligonida taşkil etilgan maşğulotlarda sapyorlar mina maydondan yöl oçiş, köprik hosil qiliş, muhandislik razvedka işlarini olib boriş, amaliy portlatiş hamda muhandislik maşinalarini tavsifi va ularni boşqariş böyiça amaliy könikmalarga ega bölmoqda. Uşbu öquv yiğinda yoş sapyorlar malakali mutaxassislarga biriktirilib, ustoz-şogird an'analari yölga qöyildi.

Sapyor mutaxassisligi hamişa Qurolli Kuçlardagi eng tanqis va kerakli soha  bölib kelgan. Portlovçi vositalar bilan işlaş va ularni amaliy qöllaş böyiça Özbekistondagi birdan bir harbiy mutaxassislik. Bundan taşqari, xavfli minalarni zararsizlantirişdagi birgina xato katta xavfni yuzaga keltiradi, mina maydonida harakatlanib harbiy texnika va bölinmalar uçun yöl oçiş esa yanada xavfli vazifa. Şu bois, sapyor bir marotaba adaşadi, degan naql bor, – deydi öquv yiğin rahbari mayor Sanjar Yöldaşev. – Kuçli bilim va katta tajribaga ega bölgan sapyor özi qatori minglab insonlar hayotini qutqarib qoladi. Amaliyot haftaligi esa muhandislik qöşinlari mutaxassislarini malakalarini oşirişda qöl kelyapti.

Ma'lumot örnida, Özbekistonda muhandislik qöşinlari mutaxassislari Qurolli Kuçlar akademiyasi Muhandislik tayyorgarlik kafedrasida 4 yillik harbiy ta'lim hamda qisqa muddatli qayta tayyorlaş kurslarida öqitiladi. Şu bilan birga Xalqaro hamkorlik doirasida çet el harbiy ta'lim muassasalarida malaka oşiriş uçun yuboriladi.