2019 yil 20 avgustdan e'tiboran Özbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi örtasida ekstraditsiya töğrisidagi Bitim kuçga kirdi. Uşbu hujjat 2018 yil 30 aprelda imzolangan.
TIV xabariga köra, Bitim jinoiy-huquqiy sohada hamkorlikni kengaytirişga hamda ikki mamlakatning jinoyatçilikka qarşi kuraşda yanada samarali hamkorligini ta'minlaşga qaratilgan.
Hujjatda şaxslarni uşlab beriş şartlari, uşlab berişni rad qiliş uçun asoslar, sörovning şakli va mazmuni, şuningdek, söralayotgan tomonga beriladigan zaruriy tasdiqlovçi hujjatlar nazarda tutilgan.
Bitimga muvofiq har bir tomon sörayotgan tomonga jinoiy javobgarlikka tortiş uçun yoki uşlab berişga olib keladigan huquqbuzarlik uçun hukmni bajariş maqsadida qidirilayotgan şaxslarni uşlab beriş majburiyatini oladi.

















