AQŞning Kolorado ştatidagi trassada 170 haydovçi bir vaqtda bernaut – maşinani jildirmagan holda ğildiraklarini bir joyda aylantirişni amalga oşirişdi. Bunda maşina şinalari işqalanişdan qizib, tutay boşlaydi.
Körinişiça, uşbu uriniş yangi jahon rekordi hisoblanadi. Avvalgi şunday bernautda 126 ta maşina qatnaşgan.
Ayni vaqtda uşbu rekord norasmiy xarakterga ega, çunki ommaviy bernaut uçun mukofot hali ham avstraliyalik haydovçilarga tegişli hisoblanadi. 126 haydovçi yanvarda bir vaqtda maşinalari şinalarini tutatişgan. Biroq yangi rekordning tan olinişi vaqt masalasi bölib, uni qayd qilinişi uçun Ginness rekordlar kitobiga ariza jönatilgan.
Uşbu bernautning videosida bir vaqtda 340 ta şina tutatilayotganini köriş mumkin. Bir neça lahzalardan keyin trassa şunday quyuq tutun bilan qoplanganki, u köproq yonğin yoki ştorm bölayotganini eslatib yuborgan.
Avvalgi rekord yanvarda örnatilgandi. Summernats festivalida 126 ta maşina iştirokida bernaut amalga oşirilgan.

















