Bugun, 20 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sanoat xavfsizligi qömitasi tomonidan «Istirohat boğlaridagi attraksionlar: ularda uçrayotgan muammolar va yeçimlar» mavzusida OAV xodimlari uçun anjuman taşkil etildi.

Tadbirda attraksionlarning texnik xavfsizligi, ularni davlat röyxatidan ötkaziş, operatorlarni öqitiş, sertifikatlaştiriş masalalariga alohida urğu berildi. Qömita raisi Baxtiyor Ğulomov sohada yiğilib qolgan qator muammolar haqida gapirib ötdi.

«Madaniyat va istirohat boğlarida örnatilgan 1845ta attraksiondan 450tasida texnik kamçiliklar aniqlandi va faoliyatini töxtatiş böyiça ogohlantirildi. Bular asosan Samarqand, Farğona va Toşkent viloyatlari hissasiga töğri keladi. Toşkent şahrida eng katta körsatkiç – 205ta attraksionning xavfsizligi talabga javob bermaydi. Attraksionlar joylaşuvi böyiça aniq talablar qöyilgan, lekin amalda buni körmaymiz. Masalan, xalq tilida «Ganga» va Toşkent davlat sirki oldidagi maydonçaga örnatilgan attraksionlar özboşimçalik bilan qurilgan, ruxsatnomasi yöq. Qurilgan joy attraksionlar uçun mos emas. Bu böyiça hokimliklarga murojaatnomalar kiritganmiz», deya Ğulomovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ğulmovning qöşimça qilişiça, bunday holatlar kelib çiqişiga sabab şu paytgaça davlat nazorati örnatilmagani uçun tadbirkorlar özboşimçalik bilan faoliyat yuritgan. Şu bilan bir qatorda, attraksionlarni sertifikatsiyadan ötkaziş ixtiyoriy tartibda bölgani ham holatga sabab bölgan.