20 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi mutasaddilari va jurnalistlar iştirokida ötkazilgan tadbirda istirohat boğlaridagi attraksionlarning holati, xavfsizligi masalalari özaro muhokama etildi.
Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi raisi Bahtiyor Ğulomov attraksionlarning texnik holati qay tartibda nazorat qilinişi, mavjud vaziyat haqida ma'lumot taqdim etdi.

«Şu paytgaça attraksionlarni sertifikatsiyadan ötkaziş ixtiyoriy bölib kelgan. Yangi örnatilgan tartibga köra, bu jarayon majburiy tarzda amalga oşiriladi. Attraksionlarning texnik holati har mavsum boşida, ya'ni yilda bir marta dinamik va statik sinovdan ötkaziladi. 100 nafardan iborat 16ta işçi guruh tomonidan respublika böyiça attraksionlardagi vaziyat örganilgandi. Aytiş mumkinki, respublikadagi birorta istirohat boği haqida ijobiy xulosa berib bölmaydi. Attraksionlarning yarmidan köpi sobiq ittifoq davrida örnatilgan va muddatini ötab bölgan. Tekşiruvlarga köra, attraksionlarning 943tasida navbatdagi statik va dinamik sinovidan ötkazilgani haqida dalolatnomalar tuzilmagan. 634ta attraksionda esa maxsus korxona tomonidan pölat qismlarining texnik holati böyiça xulosalari yöq», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ğulomovning aytişiça, Özbekistonga attraksion qismlari asosan Xitoydan keltiriladi. Qonuniy tarzda faoliyat yuritadigan mahalliy işlab çiqaruvçilar mavjud emas.

















