Avvalgi xabarlarda Vazirlar Mahkamasining 4 sentabr kungi qaroriga köra, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boği örnida «zamonaviy hamda yuqori texnologiyali madaniyat va istirohat boği» qurilişini ma’lum qilgan edik.
Yangi qurilajak boğ birinçi navbatda, yoşlarning «yuqori sifatli, jahon standartlari darajasidagi madaniy-ma’rifiy xizmatlarga» bölgan ehtiyojini qondirişi lozim, deya ta’kidlanadi qarorda.
Boğning 20,79 gektar qismini investoriga aylangan Stargate Systems MÇJ mazkur loyihaga 60 mln. dollar ajratgan. Kompaniya KUN.UZ naşriga boğning yangi dizayni tasvirlangan fotosuratlarni taqdim etdi.


Loyiha konsepsiyasiga köra, rekonstruksiya qilingan va zamonaviylaştirilgan yangi boğ har kuni 10 ming nafar taşrif buyuruvçiga xizmat körsata oladi.
Yangi boğda amfiteatr, kartografik favvora, attraksionlar va hordiq çiqariş uçun boşqa köngiloçar obektlar quriladi. Şuningdek, ikkita «Amerika tepaliklari» attraksioni, ikkita bolalar avtodromi, interaktiv poyezd, labirint, syorfing bilan şuğullaniş uçun sun’iy tölqinli suv inşooti, törtta qölga örgatilgan delfin iştirokidagi şou-dastur uçun delfinariy oçilişi kutilmoqda.



Quriliş işlari 2017-2020 yillarga möljallangan bölib, yangi boğ 2021 yilning 1 yanvar kunigaça foydalanişga topşiriladi.















