Kiyevning Solomenskiy tuman sudi Ukraina Korrupsiyaga qarşi milliy byurosi (KQMB)ga mamlakat sobiq prezidenti Pyotr Poroşenko va taşqi işlar vaziri Pavel Klimkinga xizmat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş moddasi böyiça iş oçiş majburiyatini yukladi.
Bu haqda çorşanba kuni "Ukrainskiye novosti" agentligi sud materiallariga asoslanib xabar berdi.
Şu bilan birga, OAVning körsatişiça, da'vo muallifining ismi keltirilmayapti hamda u 15 iyul kuni KQMBga Poroşenko va Klimkin tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar töğrisida ariza bergan.
Iş tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan. 15 avgustda sud KQMBga iş oçiş majburiyatini yukladi.
Ayni paytda mamlakatni tark etgan va, Ukraina OAV ma'lumotlariga köra, Norvegiyada bölib turgan sobiq prezident Pyotr Poroşenkoni navbatdagi söroq qiliş 3 sentabr kuni Davlat tergov byurosida ötkazilişi kerak. Bu haqda çorşanba kuni Viktor Yanukoviç davrida prezident ma'muriyati rahbarining birinçi örinbosari bölgan advokat Andrey Portnov ma'lum qildi.
«2019 yil 3 sentabr, seşanba kuni soat 10:00da Pyotr Alekseyeviç sizni tergovçi söroq qiladi. Keliş majburiy, aks holda majburiy keltirilasiz», - deb yozdi u özining şaxsiy Telegram kanalida.

















