Jahon | 18:54 / 23.08.2019
9538
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy AQShning 75 milliard dollarlik mahsulotlariga boj joriy etdi
Xitoy AQShning 75 milliard dollarlik mahsulotlariga boj joriy etdi. Bu haqda XXR davlat kengashining tariflar bo‘yicha ko‘mitasi ma'lum qildi.
5078 nomdagi mahsulotlarga nisbatan boj 1 sentabr va 15 dekabrdan kuchga kiradi.
Bu Vashingtonning Xitoyning 300 milliard dollarlik mahsulotlariga 10 foizlik boj joriy etishiga javob qadami bo‘ldi.
"AQShning xato harakatlari nafaqat Xitoy va AQShning, balki butun dunyo manfaatlariga putur yetkazib, savdo-iqtisodiy nizoning yanada keskinlashishiga olib keldi", — deyiladi qo‘mita bayonotida.
Bundan tashqari, Pekin Amerika avtomobillari va ehtiyot qismlariga 25 va 5 foizlik qo‘shimcha bojlarni qaytadan joriy etadi.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024