14−15 avgust kunlari Curxondaryo viloyatidagi «Şarğunkömir» korxonasining qariyb 200 nafar konçisi iş taşlagani haqida xabarlar tarqaldi. Norozilik aksiyasiga oğir mehnat şaroitlari va korxona rahbariyatining noqonuniy xatti-harakatlari sabab bölgani bildirilgan. Mazkur holat yuzasidan «Özbekiston temir yöllari» AJ rasmiy bayonot berdi.
Ma'lum qilinişiça, uşbu holat böyiça maxsus işçi guruh taşkil etilgan. «Özbekkömir» AJ boş direktori örinbosari rahbarligidagi işçi guruh tomonidan «Şarğunkömir» AJ korxonasida işlab çiqariş bilan boğliq masalalar körib çiqilgan. Tuşunmovçiliklar yuzasidan barça işçi-xizmatçilarga töliq ma'lumot berilgan, jumladan, xodimlarga oylik maoşlari belgilaniş tartibi, mukofot pullari haqida ham tuşuntiriş işlari olib borilgan. Şundan söng xodimlar yana öz joylarida işlarini davom ettirişgan.
«Maxsus komissiya norozilik holatlarini atrofliça örganib çiqdi. Natijada 9 nafar mansabdor şaxs öz lavozimidan ozod etildi. Mazkur korxonada işçi-xizmatçilar uçun yaratilgan şaroitlar, iqtisodiy-ijtimoiy holatni töliq örganiş maqsadida işçi guruh mutaxassislari «Şarğunkömir» AJda öz işini davom ettirmoqda.
Ma'lumot uçun, korxonada örtaça iş haqi miqdori 2 343 ming sömni taşkil etadi. Jumladan, asosiy faoliyat bilan şuğullanadigan kasb egalari böyiça:
Kömir qazib oliş kon işçisi — 3 800 ming söm;
Yer osti elektr çilangari — 2 100 ming söm;
Yer osti mustahkamlovçisi — 2 490 ming söm.
Korxona işçilarini işlab çiqariş körsatkiçlariga boğlangan holda mukofotlaş nizomlari işlab çiqilib, tasdiqlangan. Bajaradigan işlari böyiça xronometraj kuzatuvlar asosida tannarxlar belgilangan.
2019 yil 1 avgust holatiga jamiyatda tasdiqlangan ştat jadvali böyiça iş örni 596ta bölib, amalda xodimlar soni 542 kişini taşkil etmoqda. Bugungi kunda 54ta (jumladan, direksiya 21ta, «Şarğunkumir» AJ böyiça 33ta) vakant iş örni mavjud», deyiladi xabarda.

















