Vengriyaning Tseged şahrida baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça jahon çempionati öz yakuniga yetib bormoqda.

Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar berişiça, özbekistonlik kanoeçi qizlar Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova 500 metrga juftlik yönalişida keçgan bahsda Tokio Olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritişdi.

Final bellaşuvida Özbekiston vakillarii beşinçi bölib marra çiziğini kesib ötişdi. Reglamentga köra, dastlabki sakkiz örinda marraga kelgan qayiq egalari kelasi yili Tokio Olimpiadasida iştirok etiş huquqiga ega bölişar edi.

Kanoeda eşkak eşiş, JÇ. Vengriya
Juftlik, 500 metr:
1. Sun / Tsu (Xitoy) – 2:02.81
2. Takaş / Balla (Vengriya) – 2:04.49
3. Klimova / Makarçanka (Belarus) – 2:07.74
4. Yan / Preller (Germaniya) – 2:08.18
5. Rahmatova / Zokirova (Özbekiston) – 2:08.47

Şu tariqa terma, Özbekiston terma jamoasining Tokio-2020 Olimpiadasiga qölga kiritgan litsenziyalari soni 4taga yetdi. Bundan avval tennisçi Denis Istomin hamda velosportçi Olga Zabelinskaya yöllanma egalariga aylanişgan edi.

«Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi sportçi qizlarimiz, ularning yaqinlari va millionlab hamyurtlarimizni bunday muvaffaqiyat bilan muborakbod etib qoladi», deyiladi MOQ xabarida.

Ma'lumot uçun, Nilufar Zokirova va Dilnoza Rahmatova bugungi bellaşuvlar davomida 200 metrga juftlik yönalişida ham finalda startga çiqişadi.