25 avgust kuni Namangan viloyatining Uyçi tumanida tibbiyot buyumlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Aks medikal farm” MÇJ qöşma korxonasi iş boşladi. Bu yerda yiliga 100 million dona şprits, 300 ming dona ayollar tibbiyot oynasi işlab çiqariş közda tutilgan. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Quriliş işlari 2018 yil mart oyida boşlangan “Aks medikal farm” korxonasi öz yönalişida noyob loyiha hisoblanadi. Işlab çiqariş hajmi jihatidan respublikamizda Nukus şprits zavodidan keyin ikkinçi örinda turadi. 

“Bunyodkor Maxsudbek fayz” fermer xöjaligi tomonidan amalga oşirilgan uşbu loyihaning umumiy qiymati 2 million 300 ming AQŞ dollari bölib, şundan 630 ming dollari xitoylik sarmoyadorlarning töğridan-töğri investitsiyasidir.

“Aks medikal farm” korxonasida yillik işlab çiqarilgan mahsulotlarning umumiy qiymati 40 milliard sömni taşkil qiladi.

Korxona töla quvvatda işga tuşişi bilan 100 ga yaqin mahalliy yoşlarning doimiy bandligi ta'minlanadi. 

Ma'lumot örnida, viloyatga joriy yilning birinçi yarmida 2017 yilga nisbatan 15 barobardan köp investitsiya kirib kelişiga erişildi. (2017 yilda 7,5 million AQŞ dollari, 2019 yilning dastlabki olti oyida 125 million AQŞ dollari). Yil yakunida uşbu körsatkiçni 400 million AQŞ dollariga yetkaziş rejalaştirilmoqda.

Yaqinda Namangan tumanidagi “Merrimed farm” korxonasida qiymati 25 million AQŞ dollari bölgan, 100 ziyod dori-darmonlar işlab çiqarişga möljallangan yangi liniya işga tuşirilgandi.