Xalq deputatlari Kegeyli tumani Kengaşining navbatsiz ötkazilgan sessiyasida Özbekiston prezidentining şu yil 20−21 avgust kunlari Qoraqalpoğistonga taşrifi davomida belgilab berilgan topşiriqlari asosida Bözotov tumanini qayta taşkil qiliş masalasi körib çiqildi.
ÖzA xabar berişiça, sessiya davomida Bözotov tumanini taşkil qiliş va ma'muriyat markazi qilib Bözotov posyolka fuqarolar yiğinini belgilaş, «Qazanketken» mahalla fuqarolar yiğinini «Bözotov» posyolka fuqarolar yiğini etib qayta tuziş va «Qusqanatau», «Aspantay», «Erkindaryo» ovul fuqarolar yiğini va «Qazanketken» mahalla fuqarolar yiğinlarida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qiliş va aholining turmuş şaroitini yaxşilaş böyiça tadbirlarni belgilaş töğrisidagi masalalarga e'tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Kegeyli tumani Kengaşining majlisida deputatlar bir ovozdan yangi tuman taşkil qilinişini qöllab-quvvatladi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga Bözotov tumanini taşkil qiliş va tuman çegaralarini tasdiqlaş böyiça taklif kiritildi.
Çorvaçilikka ixtisoslaştirilişi möljallangan Bözotov tumani ilk bor 1979 yilda taşkil topgan va 1988 yilda faoliyati tugatilib, 1990 yilda yana tuman sifatida tuzilgan. Söng 2004 yilda Kegeyli tumani tarkibiga kiritilgan.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistonga 20−21 avgust kunlari taşrifi çoğida Qoraqalpoğistonni rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilab berar ekan, şahar va tumanlarni ham ixtisoslaştirişni tavsiya qilgan edi. Jumladan, Qoraözak tumani quriliş materiallari, Beruniy, Xöjayli, Nukus tumanlari meva-sabzavotçilik, Taxtaköpir çorvaçilik, Şumanay parrandaçilik, Ellikqal'a uzumçilik va turizm, Möynoq baliqçilik va çorvaçilik, Kegeyli çorvaçilik, qizilmiyani qayta işlaş va qoğoz sanoati, Qanliköl dukkakli ekinlar va şoli yetiştirişga ixtisoslaştiriladigan böldi.
Qönğirot neft-kimyo sanoati va çorvaçilikka, Çimboy qizilmiya yetiştiriş va qayta işlaşga, Törtköl şişa, oyna va oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişga, Amudaryo boğdorçilik, töqimaçilik va pillaçilikka, Nukus şahri esa farmatsevtika va elektrotexnikaga ixtisoslaştirib, Taxiatoş tumani sanoat işlab çiqariş hududiga aylantiriladi.

















