Buxoro viloyati Qoraköl tumanidagi ixtisoslaştirilgan davlat örmon xöjaligi hududida jayron ovlagan şaxslar qölga olindi. Jiğaçi mahallasida istiqomat qiluvçi fuqarolarning bu hatti-harakatlariga xalqning özi baho bersin. 

«24 avgustdan 25 avgustga ötar keçasi hududdagi harbiy qism safdorlari hamda Buxoro viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi mutaxassislari tomonidan tört nafar şaxs Qoraköl tumani Qoraköl ixtisoslaştirilgan davlat örmon xöjaligi hududida Özbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan, noyob turlardan hisoblangan jayronlarni ovlayotgan vaqtlarida qölga tuşirildi. 

Bu qonunbuzarlar uç dona ov quroli va kuçli yoritiş asboblaridan foydalangan holda 2 boş urğoçi jayronni ovlaşgan. Huquqbuzarlar uşbu harakatlari bilan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasida körsatilgan talablarini buzgan.  

Uşbu huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari borligi sababli  töplangan  hujjatlar amaldagi qonunçilik asosida çora köriş uçun huquqni muhofaza qiliş organlariga topşirildi», deyiladi Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi axborot xizmati xabarida.