Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yiğilişida deputatlar dastlab Qoraqalpoğiston Respublikasi tarkibida Bözatov tumanini tuziş töğrisidagi masalani körib çiqişdi. Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berişiça, deputatlar tomonidan «Qoraqalpoğiston Respublikasi tarkibida Bözatov tumanini tuziş töğrisida»gi qaror qabul qilingan.

«Xalq vakillari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Qarorini körib çiqib, «Özbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy tuziliş masalalarini hal etiş tartibi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga Kegeyli tumani «Qusqanatov», «Yerkindarya», «Aspantay» ovullarining, «Bözatov» şaharçasining hamda Çimboy tumani «Kök-suv» ovulining hududlarini birlaştirib, Bözatov tumanini tuzişga rozilik beriş töğrisidagi qarorni qabul qildilar», deyiladi xabarda.

Mazkur Qaror Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

Ma'lumot uçun, çorvaçilikka ixtisoslaştirilişi kutilayotgan Bözatov tumani ilk bor 1979 yilda taşkil topgan va 1988 yilda tugatilib, 1990 yilda yana tuman sifatida tuzilgan. Söng 2004 yilda Kegeyli tumani tarkibiga qöşib yuborilgan.