Yoşlarning çet tillarini örganişga qiziqişini oşiriş orqali kelgusida malakali kadrlarni hamda yaqin kelajakda iqtisodiyotning turli sohalarida faol xizmat qiladigan yetuk mutaxassislar tayyorlaş maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qaror loyihasida umumiy örta ta'lim maktablarida nemis va fransuz tiliga ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim muassasalari tarmoğini kengaytiriş hamda öquv dasturlarini takomillaştiriş asosiy maqsad sifatida belgilanmoqda. 

Şuningdek, ixtisoslaştirilgan maktabning asosiy vazifalari etib umumiy örta ta'limning davlat ta'lim standartlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda nemis va fransuz tillarining çuqur öqitilişi taşkil etadi.

Öquvçilarning ijodiy salohiyatini namoyon qiliş va faollaştiriş, har bir öquvçining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotçilik faoliyati könikmalarini şakllantiriş va rivojlantirişni maktabning asosiy maqsadlari sifatida belgilaş rejalaştirilmoqda.

Maktabga yuqori kasb mahoratiga ega bölgan mahalliy va xorijiy mamlakatlardan tajribali öqituvçilar jalb qilinadi.

Ta'lim muassasasi iqtidor va iste'dodni aniqlaş hamda kamol toptiriş böyiça öquvçilarni respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlar, boşqa tadbirlarda qatnaşişga tayyorlaydi.

Bundan taşqari, 2019-2020 öquv yilidan boşlab, sönggi 10 yil davomida nemis va fransuz tili öqitilişi töxtatilgan yoki boşqa xorijiy tillarga almaştirilgan ixtisoslaştirilgan maktablarda nemis va fransuz tillarini öqitilişini qayta yölga qöyiş hamda har bir hududda bittadan nemis va fransuz tiliga ixtisoslaştirilgan maktablar tayanç maktab sifatida belgilanadi. 

Nemis va fransuz tiliga ixtisoslaştirilgan maktablar uçun öquv rejasi işlab çiqiladi.

2019-2020 öquv yilidan boşlab nemis va fransuz tili fani öqituvçilari uçun maqsadli malaka oşiriş kurslari taşkil etiladi. Şu bilan birga nemis va fransuz tillari böyiça öqituvçilarni qayta tayyorlaş istisno tariqasida bepul amalga oşiriladi.

Şuningdek, 2019-2020 öquv yilidan boşqa xorijiy tillar öqitilayotgan ixtisoslaşgan maktablarda nemis va fransuz tillari ikkinçi til sifatida joriy etiladi.