Bugun, 27 avgust kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev "Ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat'iy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida"gi farmonni imzoladi. 

Uşbu farmonga berilgan şarhda ta'kidlanişiça, mazkur hujjatning imzolanişi davlatimiz tomonidan olib borilayotgan gumanistik siyosatning amaliy tasdiğidir.

Qayd etilişiça, farmon ijrosini ta'minlaş maqsadida afv etilgan şaxslarning ijtimoiy moslaşuvi, ularni foydali mehnatga jalb etiş va soğlom turmuş tarzini yölga qöyişiga kömaklaşiş yuzasidan mas'ul vazirlik va idoralar hamda hokimliklarga tegişli topşiriqlar berildi.

“Farmonga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 23-bandiga asosan, sodir etgan jinoyati uçun jazo muddatini ötayotgan hamda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat'iy ötgan 65 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan şaxslarning 17 nafari jazodan töliq ozod qilindi, 13 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindi, 20 nafariga esa tayinlangan jazo yengilroği bilan almaştirildi. Bir söz bilan aytganda, 50 nafar şaxs ozodlikdan mahrum etiş joylaridan ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bağriga qaytarildi.

Şuningdek, 14 nafar şaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddati qisqartirildi va 1 nafar şaxs ozodlikni çeklaş jazosidan ozod qilindi.

Afv etilganlarning 4 nafarini ayollar, 1 nafarini 60 yoşdan oşgan şaxs, 1 nafarini çet el fuqarosi, şuningdek, 39 nafarini taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida qatnaşgan fuqarolar taşkil etadi”, deyiladi şarhda.

Ta'kidlanişiça, keyingi uç yilda yurtimizda 7 marta afv e'lon qilinib, 3952 nafar şaxs afv etilgani xalqimizga xos bağrikenglik va insonparvarlik, keçirimlilik va olijanoblik fazilatlarining yaqqol amaliy ifodasidir.