Rossiyalik murabbiy Andrey Kançelskis Namanganning «Navbahor» klubi boş murabbiyligiga qaytdi. Ayni damda, 28 avgust kuni soat 18:30 da klub rahbariyati va Namangan viloyat hokimi Xayrulla Bozorov iştirokida Kançelskisning taqdimot marosimi ötkazilmoqda.
Qiziği, «Navbahor» hali amaldagi murabbiy Deyan Jurjyeviçning iste'fosini e'lon qilmay turib yangi murabbiy taqdimotini ötkazmoqda. Klub sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida serbiyalik murabbiy «Navbahor»dan ketgani haqida xabar yöq.
Kançelskis 2018 yil 7 oktyabrda Ilhom Möminjonov örniga «Navbahor» boş murabbiyi etib tayinlangandi. 2019 yil 22 iyun kuni «Navbahor» Kançelskisni iste'foga çiqargandi. Öşanda «Navbahor» 11-turdan söng 8-örinda borayotgandi.

















