27 avgust kuni Toşkent şahar Şayxontohur tumanlararo fuqarolik sudida Özbekiston karate milliy federatsiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasovning lavozimdan ozod etilişi masalasi böyiça iş körildi va yakuniy qaror ma'lum qilindi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, sudda federatsiyaning Nurxon Nafasovni lavozimdan böşatiş töğrisidagi 2018 yil 26 sentabr kungi yiğiliş bayonnomasi va 2018 yil 27 sentabr kungi buyruq ğayriqonuniy deb topildi. Javobgar Özbekiston karate milliy federatsiyasining qarşi da'vo arizasi qanoatlantirilmadi.
Tomonlarga tegişli muddat davomida şikoyat beriş tartibi tuşuntirilgan.

Jinoiy işlar böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudida Nurxon Nafasov va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari - 167-modda («Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş») 3-qismi «a» bandi va 165-modda («Tovlamaçilik») 1-qismi doirasida iş mazmunan körilişi davom etmoqda.
Uşbu iş yuzasidan Özbekiston Karate milliy federatsiyasi boş kotibi Otabek Qosimov va yana bir sudlanuvçi Begzod Aralovning körsatmalari tinglandi. O.Qosimov unga nisbatan suriştiruv vaqtida tazyiq va bosimlar bölganini aytib ötdi. B.Aralov ham özi bilan boğliq holatlarni sözlab berdi.
Mazkur jinoiy iş böyiça 8 avgust kuni bölib ötgan avvalgi sud majlisida Nurxon Nafasovga ham söz berilgan. U federatsiyaga umuman aloqasi bölmagan şaxslar tomonidan majlis ötkazilgani va tegişli tartiblarga amal qilinmay uni işdan olib taşlaşganini aytib bergan.
«Tösatdan ötkazilgan noqonuniy yiğilişdan söng meni prezidentlik lavozimidan olib taşlaşdi. Men avvalgi safar 10 yil işlagan davrimda 70 mingdan ortiq şogird tayyorlaganman. Har bir tumanda minglab ösmirlar karate bilan şuğullana boşlagandi. Ötgan davrda Özbekistonda karate jar yoqasiga kelib qoldi. Prezident Şavkat Mirziyoyev davriga kelib menga qayta imkon berildi. Noqonuniy işdan olinganimdan keyin menga bosimlar boşlandi. Adliya vazirligiga boğlanganimda tegişli fuqarolik sudiga murojaat qilişim zarurligini tuşuntirişdi. Ulardan najot bölmagaç, cudga murojaat qildim. Menga bosim ötkazganlar qöl ostimda işlaydigan O.Qosimovga ham şu işni qilişdi. Menga qarşi körsatma olişga harakat qilişdi (O.Qosimov buni sudda tasdiqladi – tahr.). Lekin u ham rozi bölmadi.
Milliy olimpiya qömitasining öşa vaqtdagi raisi Umid Ahmadjonov menga aloqaga çiqqan. Ahmadjonov unga «yuqori»dan (Ixtiyor Abdullayev va uning qöl ostidagi ayrim şaxslar) topşiriq bölganini tuşuntirib, federatsiya prezidentligidan öz xohişimga köra ketişim kerakligini aytdi.

















