Bugun, 28 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Qişloq xöjaligi vazirligi va Moliya vazirligi mutasaddilari iştirokida Respublika Prezidentining «Agrar sektorni qişloq xöjaligi texnikalari bilan öz vaqtida ta'minlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori ijrosi yuzasidan press-brifing taşkil qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

Unda vazirlik vakillari prezident qarori ijrosi yuzasidan qilinayotgan işlar borasida ma'lumot berib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Tadbir davomida Kun.uz muxbiri tomonidan Özbekistonda paxta yiğim- terimi davomida hamon qöl mehnatidan foydalanilayotgani va sohada qaçon töla texnika kuçidan foydalanişga ötilişi, şuningdek, hozirda paxta yiğim-terimi uçun qança texnika vositalari mavjudligi hamda yetişmayotgan paxta teriş traktorlari haqida aniq raqamlar bor-yöqligi borasida savol berilgan.

«Hozirda respublikada ekilgan ğöza hosilini terib oliş uçun jami 1500 ta paxta teriş kombaynlariga egamiz. Bu umumiy paxta maydonlarini jami 3.5%ni texnika kuçidan foydalangan holda terib oliş imkonini beradi.

Albatta, bizda uruğlik uçun ekiluvçi ğöza maydonlar ham mavjud. Uşbu maydonlardagi paxta faqat qöl kuçida yiğib olişni talab qiladi. Mazkur maydonlar esa jami paxta maydonlarining deyarli 30%ini taşkil qiladi. 

Mazkur 30% hisobdan çiqarib taşlanganda, bizning texnik imkoniyatimiz hozirgi paxta maydonlarining 5%ni qamrab olgan deyiş mumkin», deydi Qişloq xöjaligi vazirligi boşqarma boşliği Qodir Ismoilov.

Vazirlik mutasaddisi şuningdek, paxta-yiğim terimida texnika kuçidan foydalanişga ötiş borasida respublikaning yaqin kelajakdagi imkoniyatlarni ham ma'lum qildi. Unga köra, «hukumat tomonidan işlab çiqilgan dasturga muvofiq 2025 yilga qadar, hozirgi texnika bilan ta'minlanganlik böyiça hozirgi 5% körsatgiçni 35%ga olib çiqiş rejalaştirilgan», deydi Qodir Ismoilov.

Vazirlik vakili öz javobida respublikadagi paxta hosilini qaçondan töla texnika kuçi bilan yiğib olinişiga aniqlik kiritmagan.