Jinoyat işlari böyiça Qöşrabot tuman sudida I.Ğulomov raisligida ötgan sud majlisida ana şu jinoyat işi böyiça sud işi bölib ötdi.

Fermer S.Ş.ning sudda iqrorlik bildirişiça, u rahbarlik qilib kelayotgan fermer xöjaligi hududi çegarasidagi 9 sotix yer maydonini 27 million sömga sotib yuborgan hamda ukasi, jiyani va fermer xöjaligi a'zosi tomonidan özboşimçalik bilan turar joy qurilgan.

Ma'lum bölişiça, uşbu holat yuzasidan Iştixon tumani Agrosanoat inspeksiyasi tomonidan hujjatlar rasmiylaştirilib, tuman prokuraturasiga taqdim etilgan. Tuman prokurori örinbosari uning qöl telefoniga qönğiroq qilib, u va öğliga nisbatan töplangan hujjatlar yuzasidan tuşuntiriş berişi kerakligini aytgan. Öşa kuni fermer prokuror örinbosariga oğzaki tuşuntiriş bergan. Şundan keyin töplangan hujjatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatmasligi uçun 1000 AQŞ dollarini berişini taklif qilgan. Prokuratura xodimi esa bu jinoyat ekanini tuşuntirgan.

Ammo oradan ma'lum muddat ötgaç, fermer tuman prokurori örinbosarining xizmat xonasidagi stolining ustiga 600 AQŞ dollarini qöygan paytda Samarqand viloyat prokuraturasi xodimlari kirib kelib holatni rasmiylaştirgan.

Sudda fermerga ikki yillik ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.