Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi. 

Özbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritildi:

117-moddaning (Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni ötaş şartlari) uçinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi: 

«Mahkumlar yil mobaynida:

olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uçraşuv; 
ön ikki marta telefon orqali sözlaşuv; 
ön ikkita posilka yoki yöqlov; 
ön ikkita banderol oliş huquqiga ega».

Hozirgi paytgaça mahkumlar yil mobaynida:

tört marta qisqa muddatli va tört marta uzoq muddatli uçraşuv;
olti marta telefon orqali sözlaşuv;
oltita posilka yoki yöqlov;
oltita banderol oliş huquqiga ega edi.

119-moddaning (Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni ötaş şartlari) uçinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi: 

«Mahkumlar yil mobaynida:

beş marta qisqa muddatli va beş marta uzoq muddatli uçraşuv; 
sakkiz marta telefon orqali sözlaşuv; 
sakkizta posilka yoki yöqlov; 
sakkizta banderol oliş huquqiga ega».

Hozirgi paytgaça mahkumlar yil mobaynida:

uç marta qisqa muddatli va uç marta uzoq muddatli uçraşuv;
tört marta telefon orqali sözlaşuv;
törtta posilka yoki yöqlov;
törtta banderol oliş huquqiga ega edi.

121-moddaning (Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni ötaş şartlari) uçinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi: 

«Mahkumlar yil mobaynida:

tört marta qisqa muddatli va tört marta uzoq muddatli uçraşuv;
olti marta telefon orqali sözlaşuv;