2018 yil 27 iyun sanasi yurtimiz yoshlari hayotida yangi sahifa ochilgan kun sifatida tarixga muhrlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur hujjatning muhimligi shundaki, u joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek yoshlar bandligini ta'minlashga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan edi.

Xabaringiz bor, mazkur dasturning ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi tashkil etildi. Hozirda respublikamizning barcha tuman-shaharlarida Jamg‘arma filiallari tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berib, bankdan kredit olishiga ko‘maklashib, har jabhada qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Tadbirkorlik qilmoqchimisiz?! Unda «Yoshlar - kelajagimiz» jamg‘armasiga murojaat qiling!

Tadbirkorlik nima? Tadbirkor bo‘lish uchun, avvalo, nimalarga e'tibor qaratish kerak? Bugun yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday imkoniyat va imtiyozlar mavjud? Bu haqida javob olmoqchi bo‘lsangiz, hududingizdagi «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasiga murojaat qiling. Chunki u ish so‘raganga ish, kredit so‘raganga kredit, yer so‘raganga yer bera oladigan tuzilmaga aylanib ulgurgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasidan kelib chiqib, «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi tomonidan joriy yilda Davlat dasturi qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha Iqtisodiyot va sanoat vazirligi takliflari asosida jami 8 913ta biznes loyihalari har bir hududning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda sohalar kesimidagi manzilli ro‘yxati ishlab chiqildi.

Mazkur loyihalar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha respublikaning barcha tuman-shaharlaridan taklif qilingan loyihalar ichida eng istiqbollilaridir.

«Yoshlar – kelajagimiz»