Özbekiston rahbariyatining yurtimizga kelayotgan sayyohlar sonini oşiriş hamda xalqaro maydonda mamlakat imijini yaxşilaş uçun innovatsion usullarni qöllaşga doir topşiriği ijrosi sifatida taşkil etilgan World Influencers Congress ("Jahon Inflyuyenserlari Kongressi") birinçi xalqaro kongressi doirasida dunyoning eng sara 100 nafar blogeri 22-27 avgust kunlari yurtimizda bölişdi.
Ular Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan taşkil etilgan tadbir davomida Toşkent, Samarqand, Buxoro va Xivada bölişib, Özbekistonning turistik salohiyatini oçib beruvçi ajoyib foto, video va yozma materiallar tayyorlaşdi.
"World Influencers Congress» (WIC) tadbirimizda öz iştirokini tasdiqlagan inflyuyenserlarning «Instagram», «Facebook» va «Youtube» videoxostingidagi obunaçilarining umumiy soni 109 millionga yaqinni taşkil qiladi. Şunday ekan, uşbu inflyuyenserlarning platformalarida naşr etilgan materiallarning közdan keçirilişi 7,7 milliard martani taşkil qiladi", - deya ma'lum qilgandi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining maslahatçisi Behruz Hamzayev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Xöş, mazkur tadbirda iştirok etgan blogerlar kimlar va ular qay darajada nufuzga ega? Ular öz obunaçilariga Özbekistonni qançalik taniştira olişdi? Yurtimizga kelgan barça blogerlar haqida bölmasa ham, ularning ayrimlari töğrisidagi ma'lumotlar bilan quyida tanişişingiz mumkin (blogerlarning faqatgina Instagram ijtimoiy tarmoğidagi obunaçilari soni körsatilmoqda).
Atta Halilintar (@attahalilintar) – indoneziyalik aktyor va bloger, Instagramda uning 9,5 mln obunaçisi bor.
Rawan Bin Hussain (@rawan) – quvaytlik model va byuti-bloger. Londonda yaşaydi. Obunaçilari soni - 3,7 mln.
Sadaf (@sadaf_beauty, @sadaf_beauty_diary) – San-Fransiskoda yaşaydigan eronlik model, byuti-bloger. Uning @sadaf_beauty akkauntida 2,1 mln, @sadaf_beauty_diary akkauntida - 1 mln obunaçi bor.
Sjana Elis Earp (@sjanaelise) –yoga böyiça instruktor, model va bloger. Avstraliyada yaşaydi. 1,6 mln obunaçiga ega.
Altug Galip (@kyrenian

















