2019 yil 30 avgust kuni xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Unda Senat a'zolari, mahalliy Kengash deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub'yektlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Sessiyada qayd etilganidek, viloyatda sanoat va qayta ishlash, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini jadal rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasini taraqqiy toptirish – kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib turibdi. Bu maqsadlarga erishishda, avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarur. Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining soni 17 mingdan oshib, joriy yilning o‘zida ularning soni qariyb 14 foizga ko‘paygan bo‘lsa-da, faoliyati to‘xtab qolgan 4 mingdan ziyod tadbirkorlik sub'yektining mavjudligi, bu raqam ham o‘sib borayotgani xavotirli holatdir.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

So‘zga chiqqanlar tomonidan ta'kidlanganidek, parlament ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi dolzarb masalalarni o‘rganish jarayoni, odamlar bilan muloqotlar, bu borada   jiddiy muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Joriy yilning 1 iyul holatiga viloyatda 2326 ta tadbirkorlik sub'yekti ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 672 tasi yoki 29 foizi aylanma mablag‘lari yetishmasligi, soliq qarzini to‘lash manbasi va kredit olish uchun garov yo‘qligi natijasida o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan. Raqamlar shuni ko‘rsatmoqdaki, viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi tashkilotlar tomonidan aniq mexanizm ishlab chiqilmagan.

Sessiyada qayd etilganidek, viloyatda keyingi paytlarda eksport hajmini oshirish bo‘yicha ishlar o‘z samarasini berayotgan bo‘lsa-da, bu borada ham yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Ekcpopt bilan shug‘ullanuvchi kopxonalapni tashqi bozop kon'yunktupacidagi o‘zgapishlap, ictiqbolli bozoplap, paqobatchilap to‘g‘picida olib bopilgan tadqiqotlar natijalapi bilan tanishtipib bopish ishlari talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan.