17:24 / 30.08.2019
0
12675

Trampning shaxsiy yordamchisi iste'foga chiqdi

Foto: Instagram @madwestt

AQSh prezidenti Donald Trampning shaxsiy yordamchisi Madlen Vesterxut o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The New York Times xabar berdi.

Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Trampning ma'muriyatdagi dastlabki kunlaridan boshlab yordamchilik qilgan Vesterxut payshanba kuni iste'foga chiqqan.

Ularning ma'lumot berishicha, Vesterxut Trampning Nyu-Jyersida o‘tkazgan ta'tili tafsilotlari haqida jurnalistlarga so‘zlab berganidan so‘ng iste'foga chiqarilgan.

Endilikda unga Oq uyga kirishga ruxsat berilmaydi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top