Yesemurat Sultamuratoviç Kanyazov Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi PQ–4428-son qaroriga asosan boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi adliya vaziri örinbosari – Toşkent davlat yuridik universitetining rektori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati rasman xabar berdi.
U Özbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019 yil 29 avgustdagi 552-şt-son buyruği bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Yesemurat Kanyazov 2005-2011 yillarda – Adliya vaziri örinbosari, 2011 yilning iyunidan Adliya vazirining birinçi örinbosari bölib işlagan, 2013 yilda Toşkent davlat yuridik universitetiga rektor etib tayinlangaç vazir örinbosari lavozimidan ketgan, 2017 yilning aprelida yana Adliya vaziri örinbosari lavozimini egallagandi.
23 avgust kuni prezident raisligida ötkazilgan videoselektor vaqtida Kanyazov Toşkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimidan olingani haqida xabar berilgandi.
















