Putin va Qodirov dunyodagi eng chiroyli masjid borasida bahslashishdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov bilan ishchi uchrashuvida respublikada Yevropadagi eng katta masjidning ochilish marosimi qanday o‘tgani bilan qiziqdi. Uchrashuv stenogrammasi Kreml matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.
Qodirov islom dunyosini qo‘llab-quvvatlagani uchun Putinga minnatdorlik bildirdi. Putin undan yangi masjid haqiqatan Yevropada eng katta masjid ekanligini so‘radi va Checheniston rahbari bu savolga tasdiq javobini berdi hamda u «dunyodagi eng chiroyli masjid» ekanligini qo‘shib qo‘ydi.
«Dunyodagi eng chiroyli masjid Peterburgda», — deya e'tiroz bildirdi Putin.
«Siz bilan bahslashmayman, Vladimir Vladimirovich», — javob qaytardi Qodirov.
23 avgust, juma kuni Chechenistonning Shali shahrida Yevropadagi eng katta masjid ochildi. Uning binosi ichiga 30 ming kishi sig‘adi va masjid hududida bir vaqtning o‘zida 70 mingga yaqin kishi ibodat qilishi mumkin.
Sankt-Peterburg jome masjidi o‘tgan asrning boshlarida qurilgan va Rossiya imperiyasining bosh masjidi bo‘lgan. Masjid 1940 yilda «Xudosizlar uyushmasi» sa'y-harakatlari bilan yopib qo‘yilgan va 1955 yilda dindorlar ixtiyoriga qaytarilgan.
Mavzuga oid
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanish»ga va’da berdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024