Dariğa Nazarboyeva Qozoğiston Senati spikeri lavozimiga nomzod qilib körsatildi, deya xabar beradi «Kazinform».

Uning nomzodi Qozoğiston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tomonidan ilgari surilgan. «Dariğa Nursultonovna Nazarboyevani Qozoğiston Respublikasi parlamenti Senatining raisi etib saylaşingizni sörayman», - deya Qosim-Jomart Toqayev nomidan matnni Qozoğiston Respublikasi parlamenti Senati majlisida prezident Administratsiyasi rahbari Krimbek Kuşerbayev öqib eşittirgan.

Dariğa Nazarboyeva 12 avgust kuni Senat deputati etib qayta tayinlangani sababli yangi ovoz beriş jarayoni ötkazildi.

Bugun, palata majlisidagi yaşirin ovoz beriş paytida Senatning 48 deputati uning nomzodi uçun ovoz berdi.