Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax garnizonida joylaşgan Maxsus operatsiyalar kuçlari bölinmalariga yaqinda qabul qilingan yoş harbiy xizmatçilar bilan maxsus maşğulotlar taşkil etildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qildi.
Bir neça kun davomida yoş harbiy xizmatçilarning bilimi, amaliy könikmasi hamda jismoniy tayyorgarligi yana bir bor sinovdan ötkazildi.
Guruh şaxsiy tarkibiga belgilangan hududga xavfsiz yetib boriş, şartli duşmanni qidirib topiş va “marş brosok” ötkaziş, ekstremal şaroitlarda yaşovçanlikni oşiriş hamda suv tösiqlaridan ötiş kabi maxsus vazifalar yuklatildi.
Ekstremal şaroitlarga (daşt, çöl yoki notaniş hududga) tuşib qolgan yoş harbiy xizmatçilar tomonidan tez fursatda olov yoqiş, jonivorlarni ovlaş, suvni içişga yaroqli holatga keltiriş kabi usullar öylab topildi.
Tadbir yakunida maxsus maşqlarni bajarişda bölinma tarkibi tomonidan yöl qöyilgan kamçilik hamda ustunliklar körsatib ötildi hamda guruh şaxsiy tarkibi maxsus vazifani bajarişda yaxşi tomonga belgilandi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Maxsus bölinmalariga ötiş istagini bildirgan yoş harbiy xizmatçilar olti oylik tayyorlov kurslaridan ötkaziladi.
















