Rossiya milliy yadro tadqiqot instituti “Moskva injyenerlik-fizika instituti”ning Toşkentdagi filiali oçildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, oçiliş marosimida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov, “Rosatom” rahbari Aleksey Lixaçyov iştirok etmoqda.

“Uşbu muhim tadbirimiz mustaqillik bayramini nişonlaş kunlariga töğri kelgani alohida ahamiyatga ega. Ma'lumki, uşbu oliy ta'lim dargohi Özbekiston prezidentining ötgan yil iyul oyida qabul qilgan alohida qaroriga muvofiq taşkil etildi. Davlatimiz rahbari bir yil oldin Yadro fizikasi institutiga taşrif çoğida aynan şu joyda uşbu institut filialini taşkil etiş böyiça körsatma bergan edi. Körib turganingizdek, hozir bu yerda zamonaviy va innovatsion öquv korpusi qurib bitkazildi va xalqaro standartlarga muvofiq eng zamonaviy laboratoriya uskunalari hamda öquv jihozlari bilan ta'minlandi. Uşbu oliy ta'lim muassasasining taşkil etilişi mamlakatimizda Markaziy Osiyoda birinçi atom elektr stansiyasining barpo etilişi bilan boğliqdir. Şu sababli, maxsus bilim va könikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislarga talab juda yuqori böladi. Toşkent şahrida taşkil etilgan uşbu institut filiali xalq ta'lim standartlari darajasidagi yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlaşni ta'minlaşiga işonçimiz komil”, - dedi Abdulla Aripov.

Joriy yilda saralov faqat bakalavr dasturlariga tört ixtisoslik böyiça ötkazildi:

Yadroviy energetika va issiqlik fizikasi;
Yadroviy fizika va texnologiyalar;
Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi;
Elektr energiyasi va elektr texnikasi.

OTM talabalari xalqaro standartlarga muvofiq yadroviy energetika va issiqlik fizikasi böyiça muhandislik-texnik mutaxassisliklariga öqitiladi.